top of page

Часто Задаваемые Вопросы

  • "Slovomaniya" bu nima?
    Ushbu viktorina Uzmobile abonentlariga SMS orqali o'yin o'ynash, aralash harflardan so'zlar tuzish va kun bo'yi yoki bir hafta davomida ko’ngil ochib, qimmatbaho sovg'alarni yutish imkoniyatini beradi. Masalan, abonentga 8080 qisqa raqamidan "omlas" yuboriladi, abonent esa "salom" so'zini topishi va uni 8080 qisqa raqamiga javob sifatida yuborishi kerak. Viktorina har kunlik pullik obuna (kuniga 2100 so'm) asosida amalga oshiriladi. Viktorina ishtirokchilari bir kunlik abonent to'lovi uchun qo'shimcha ravishda 90 ballga hamda 90 ta savolga javob berish va eng ko’pi bilan 9 ta xatoga yo'l qo'yish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Agar abonent 9 ta savolga noto'g'ri javob bersa, u holda o'yin o'sha kuni to'xtaydi va u keyingi kuni o'yinni davom ettirishi mumkin. Har bir to'g'ri javob uchun (to'g'ri topilgan so'z) abonentga 10 ball beriladi. Kuniga eng ko'p noto'g'ri javoblar soni 9 tagacha bo'lishi mumkin.
  • Qanday ishtirok etish kerak?
    Uzmobile operatorining barcha abonentlari viktorinada ishtirok etishlari mumkin. Faollashtirish uchun siz 8080 qisqa raqamiga har qanday so'z bilan (o'chirish kalit so'zi - STOP dan tashqari) SMS yuborishingiz va har kuni qabul qilingan aralash harflardan to'g'ri so'zlarni yaratishingiz kerak. Abonentlarga 8080.uz portali orqali xizmatga qo‘shilish imkoniyati ham berilgan. Bunday holda, abonent mobil telefon raqamini maxsus maydonga kiritishi va xizmat shartlarini qabul qilishini tasdiqlashi kerak. Faollashtirish so'roviga javoban siz ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi SMS-xabarni, shuningdek xizmat, narx, obunani bekor qilish qoidalari haqida batafsil ma'lumotlarni olasiz. Xizmatga obuna yoqilgandan so'ng, foydalanuvchiga javob berish uchun savollar yuboriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchi istalgan vaqtda o'ynashni xohlagan vaqtda START buyrug'i bilan savol so'rashi mumkin. Viktorina har kunlik pullik obuna (kuniga 2100 so'm) asosida amalga oshiriladi. Viktorina ishtirokchilari bir kunlik abonent to'lovi uchun qo'shimcha ravishda 90 ballga hamda 90 ta savolga javob berish va eng ko’pi bilan 9 ta xatoga yo'l qo'yish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Agar abonent 9 ta savolga noto'g'ri javob bersa, u holda o'yin o'sha kuni to'xtatiladi va u keyingi kuni o'yinni davom ettirishi mumkin. Har bir to'g'ri javob uchun abonentga 10 ball beriladi.
  • Viktorina qaysi tilda o'tkaziladi?
    Viktorina o'zbek (asosiy til, standart til) va rus tilida (Abonent tanlagan tilda) taqdim etiladi. Viktorina tilini rus tiliga o'zgartirish uchun abonent 8080 qisqa raqamiga RU kalit so'zi bilan SMS yuborishi kerak. O'zbek tiliga qaytish uchun foydalanuvchi 8080 qisqa raqamiga UZ kalit so'zlari bilan SMS yuborishi kerak. Tilni o'zgartirgandan so'ng, foydalanuvchi tegishli SMS-xabarni va tanlangan tilda keyingi savolni qabul qiladi.
  • Qanday qilib g'olib bo'lishim mumkin?
    Viktorina ishtirokchilari bir kunlik abonent to'lovi uchun qo'shimcha ravishda 90 ballga hamda 90 ta savolga javob berish hamda ruxsat etilgan xatoga yo’l qo’yish limitidan oshib ketmagan holda (eng ko’pi bilan 9 ta noto’g’ri javob) ega bo’ladilar. Viktorinaning so'zlarni to'g'ri tuzgan ishtirokchilar har bir to'g'ri javob uchun 9 ball olishadi. Agar abonent 90 ta savolga javob bergan bo'lsa yoki 9 ta xatoga yo'l qo'ygan va o'yin to'xtagan bo'lsa, lekin abonent o'yinni davom ettirmoqchi bo'lsa, u holda abonent 8080 qisqa raqamiga "OK", "9" kalit so'zlari bilan SMS-xabar yuborishi va yana 90 ta savol va 90 ball qabul qilishi mumkin. Har bir to'g'ri javob (topilgan to'g'ri so'z) abonentga 9 ball beradi. Noto'g'ri javob ballarni tushirmaydi, savollar soni 90 taga yetguncha yoki o'nta xatolikka yo’l qo’yilguncha foydalanuvchi keyingi savolni qabul qiladi. Bu turdagi har bir so'rov uchun 2100 so'm (o'zbek so'mi) QQS bilan qo'shimcha to'lov yechiladi. Hammadan ko’proq ball to'plash uchun imkon qadar ko'proq o'ynashingiz va savollarga to'g'ri javob berishingiz mumkin. Har bir Ishtirokchining umumiy reytingi olingan ballardan tashkil topadi (kunlik to'lov va har bir to'g'ri javob uchun). Oylik reyting joriy oy davomida olingan ballar sonidan tashkil topadi.
  • Viktorina qancha davom etadi?
    Slovomaniya viktorinasi 14/11/2023 dan 13/11/2024 ga qadar bo’lgan davrda o'tkaziladi.
  • Qancha sovrinlar o'ynaladi?
    Viktorina g'oliblariga quyidagi sovg'alar topshiriladi: HAR OYLIK SOVRINLAR: 5 ta ishtirokchiga 10 000 000 UZS (o‘zbek so‘mi). SUPER SOVRIN har 6 oyda: “BYD Song Plus” avtomobili MAXSUS SOVRIN 22-dekabrdan 31-dekabrgacha: 21 ta ishtirokchiga 1 000 000 UZS dan. MAXSUS SOVRIN 12-martdan 21-martgacha: 21 ta ishtirokchiga 1 000 000 UZS dan.
  • Qancha sovrin yutishim mumkin?
    Har sovrin bitta ishtirokchi tomonidan 12 oy ichida faqat bir marta yutib olinishi mumkin.
  • Yutuqlarimni qanday olaman?
    Biz Siz bilan bog'lanib, yetkazib berish tartibi to'g'risida sizga xabar beramiz. Ko'rsatilayotgan xizmat doirasida sovg'alar yetkazib berilmaydi, siz o'z sovg'angizni bizning ofisimizda yoki biz tomonimizdan belgilangan joyda olishingiz mumkin.
  • Ishtirok etish uchun kalit so'z nima?
    Ishtirok etishni faollashtirish uchun 8080 qisqa raqamiga istalgan so’z bilan SMS-xabar (STOPdan tashqari) yuborishingiz mumkin. Agar siz oxirgi ochiq savolingizni olishni istasangiz, START buyrug'i bilan savol berishingiz mumkin.
  • Xizmat qancha turadi?
    Viktorina har kunlik pullik obuna orqali amalga oshiriladi (kuniga 2100 so'm).
  • Kundalik obuna uchun qachon to'lashni boshlayman?
    Birinchi ulanish paytida barcha abonentlar viktorinada bir kun bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Xizmatga ulanishning ikkinchi kunidan boshlab viktorinaga obuna uchun har kuni abonent hisobidan 2100 so'm (o'zbek so'mi) yechiladi. Agar abonent o'z obunasini to'xtatib, keyin qayta ulansa, u holda abonent to'lovi ulanish kunidan boshlab yechiladi.
  • Kunlik to'lovni qancha vaqt to'lashim kerak?
    Xizmatga obuna uchun to'lov abonent xizmatga obunani bekor qilguniga yoki xizmat tugatilgunga qadar yechiladi. Xizmatdan foydalanish munosabati bilan Ishtirokchilar tomonidan sarflangan mablag'lar qaytarilmaydi.
  • 8080 dan kelgan SMS xabarlar to'lanadimi?
    Yo'q, 8080 qisqa raqamidan keluvchi barcha xabarlar bepul.
  • Qancha ball to'plaganimni qanday bilsam bo'ladi?
    Siz 8080 qisqa raqamiga "INFO" kalit so'zini yuborib, o'zingizning joriy ballaringiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
  • Savollar soniga cheklov bormi?
    Ha, kunlik to'lov evaziga Sizga kuniga 90 tagacha savolga javob berish imkoniyati beriladi, bunda noto'g'ri javoblar soni limitdan (eng ko’pi bilan 9 ta noto'g'ri javob)dan oshmasligi kerak. Agar abonent 9 ta savolga noto'g'ri javob bersa, u holda o'yin o'sha kuni to'xtatiladi va abonent keying kun o'yinni davom ettirishi mumkin. Agar abonent 90 ta savolga javob bergan bo'lsa yoki 9 ta xatoga yo'l qo'ygan va o'yin to'xtagan bo'lsa, lekin abonent o'yinni davom ettirmoqchi bo'lsa, u holda abonent 8080 qisqa raqamiga "OK", "9" kalit so'zlari bilan SMS-xabar yuborishi va yana 90 ta savol va 90 ball qabul qilishi mumkin. Har bir to'g'ri javob (topilgan to'g'ri so'z) abonentga 10 ball beradi. Noto'g'ri javob ballarni tushirmaydi, savollar soni 90 taga yetguncha yoki o'nta xatolikka yo’l qo’yilguncha foydalanuvchi keyingi savolni qabul qiladi. Bu turdagi har bir so'rov uchun 2100 so'm (o'zbek so'mi) QQS bilan qo'shimcha to'lov yechiladi.
  • Agar xizmatdan voz kechsam, to'plagan ballarim yo'qoladimi?
    Yo'q, sizning ballaringiz viktorinaning oxirigacha saqlanadi. Ammo, agar siz ishtirok etishni to'xtatsangiz, o’yinni davom ettirayotgan boshqa ishtirokchilar ko'proq ball to'plashlari mumkin.
  • Kunlik obuna uchun 90 balldan kam ball oldim. Nega?
    Agar ishtirokchining balansida 2100 so'mdan kam mablag 'mavjud bo'lsa, unda obuna to'lovi uchun ishtirokchining balansidan kamroq mablag' yechiladi - 700 yoki 1400 so'm, abonent esa mos ravishda kamroq ball oladi: 30 yoki 60 ball.
  • Viktorinada kim qatnasha olmaydi?
    Operator bilan uyali aloqa xizmat ko’rsatish shartnomasi bo'yicha Abonent bo'lgan yuridik shaxslar Viktorinaning Ishtirokchisi bo'la olishmaydi. Operator va Kontent-provayderning barcha xodimlari va ularning qarindoshlik bo’yicha birinchi navbatdagi qarindoshlari (ota-onal, farzandlar, tug’ishgan va o’gay aka-uka va opa-singillar, turmush o'rtoqlar), shuningdek agentlar va/yoki Operator va Kontent-provayder distribyutorlari kabi tijorat munosabatlari olib boruvchi shaxslar tijorat vakillari, yoki affillangan shaxslar, shuningdek ushbu viktorinani amalga oshirish uchun Operator va Kontent-Provayder tomonidan yollangan kompaniyalar va ularning xodimlari viktorinada qatnashishlariga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu odamlardan birortasi viktorinada qatnashib g'olib bo'lgan taqdirda, tegishli sovrin har qanday holatda unga berilmaydi, balki talablarga javob beradigan va keyingi o'rinni egallagan ishtirokchiga beriladi.
  • Qanday qilib xizmatdan obunani bekor qilishim mumkin?
    Siz 8080 raqamiga "STOP" kalit so'zi ni bilan SMS-xabarlarni (bepul) yuborish orqali obunani bekor qilishingiz mumkin.
bottom of page